Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Bornmut» APLda 16 o‘yindan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti

«Bornmut» APLda 16 o‘yindan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining navbatdagi turida «Bornmut» safarda «Fulhem» mehmoni bo‘lib, 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ushbu natijadan so‘ng «olchalar»ning chempionatdagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 16 ta o‘yinga yetdi.

Mazkur muvaffaqiyatli seriya davomida janubliklar 8 ta g‘alaba va 8 ta durang qayd etishdi. Ayni damda jamoa turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. Qayd etish lozimki, mavsum yakunlangach, bosh murabbiy Andoni Iraola o‘z lavozimini tark etadi.

«Bornmut» navbatdagi turni o‘z maydonida chempionlik uchun kurashayotgan «Manchester Siti»ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 19 may kuniga belgilangan. Bu o‘yin «shaharliklar» uchun Angliya kubogi finalidan («Chelsi»ga qarshi) uch kun o‘tib bo‘lib o‘tishi bilan ahamiyatlidir.

Ochko yo‘qotishga haqqi bo‘lmagan Xosep Gvardiola shogirdlarini mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirayotgan jiddiy raqibga qarshi qiyin bahs kutmoqda.

Kiritildi: 06:01, 10.05.2026.
O'qildi: 602 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик