Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola chempionlik poygasidagi imkoniyatlarni baholadi

Gvardiola chempionlik poygasidagi imkoniyatlarni baholadi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premyer-ligasi chempionligi uchun «Arsenal» bilan kechayotgan kurash haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ispaniyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, ayni damda vaziyat to‘liq «shaharliklar» nazoratida emas.

«Arsenal» deyarli butun mavsumni turnir jadvali yuqorisida o‘tkazdi va Chempionlar ligasida ham mag‘lubiyatsiz harakat qilmoqda. Hozirgi holatda biz faqat o‘z o‘yinlarimizda g‘alaba qozonishimiz va raqibning ochko yo‘qotishini kutishimiz kerak. Oxirgi 10 ta o‘yinda «Everton»dan tashqari barchani mag‘lub etdik. Biz o‘z ishimizni qilyapmiz va kutishda davom etamiz», — dedi Gvardiola.

Shuningdek, murabbiy turnir jadvalidagi holatni doimiy kuzatib borishini qiziqqonlik bilan qayd etdi:

«Menga turnir jadvaliga qarashning hojati yo‘q, u mening kallamda. Jamoalarning ochkolari, to‘plar nisbati va boshqa barcha jihatlarni yoddan bilaman».

Kiritildi: 07:39, 10.05.2026.
O'qildi: 562 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик