Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Xoland: «Yomon emas»

Xoland: «Yomon emas»

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 36-turida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Brentford»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi gollardan biriga mualliflik qilgan Erling Xoland chempionatdagi gollari sonini 26 taga yetkazib, to‘purarlar poygasidagi peshqadamligini mustahkamladi.

O‘yindan so‘ng norvegiyalik hujumchi o‘z ko‘rsatkichlari haqidagi savolga javob berdi.

«Hammasi joyida. Mavsum ko‘tarilish va pasayishlar bilan kechdi. Men shunchaki o‘z ishimni qilishga harakat qilyapman. 26 ta gol — bu o‘tgan mavsumdagidan ko‘proq, shuning uchun hammasi normal», — deydi Xoland Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Erling Xoland Angliya chempionatida 22 ta gol urgan va to‘purarlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallagan edi. O‘shanda Aleksandr Isak va Muhammad Saloh undan ko‘proq gol urishga muvaffaq bo‘lishgan. Joriy mavsumda esa Xoland allaqachon o‘z rekordini yangilab ulgurdi.

Kiritildi: 07:46, 10.05.2026.
O'qildi: 528 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик