Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Gvardiola Gexi - Ake tandemiga baho berdi

Gvardiola Gexi - Ake tandemiga baho berdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 35-turida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Brentford"ni qabul qildi va 3:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

"Shaharliklar" barcha gollarni ikkinchi bo‘limda kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Uchrashuvning 60-daqiqasida Jeremi Doku hisobni ochgan bo‘lsa, 75-daqiqada Erling Xoland farqni oshirdi. Bahsga yakuniy nuqtani esa 92-daqiqada Omar Marmush qo‘ydi.

O‘yindan so‘ng "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola shogirdlarining ko‘rsatgan o‘yinidan mamnun ekanini bildirdi. "O‘tgan turda "Everton" bilan bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqargan edik, lekin futbolda bunday holatlar uchrab turadi. Eng muhimi — muvaffaqiyatsizlikdan keyin to‘g‘ri xulosa chiqarib, reaksiya bildirish. Bugun Mark Gexi va Natan Ake juda ajoyib o‘yin namoyish etdi. Men bundan xursandman", — dedi Gvardiola.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Manchester Siti" ochkolarini 81 taga yetkazib, musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam "Arsenal"dan ikki ochko orqada qolmoqda.

Kiritildi: 11:01, 10.05.2026.
O'qildi: 929 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик