Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Brayton» himoyachisi uchun APL grandlari kurash olib boradi

«Brayton» himoyachisi uchun APL grandlari kurash olib boradi

Baho:
+ | -

«Brayton» klubi markaziy himoyachisi Yan-Paul van Xekke joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

TEAMtalk nashri bergan xabarga ko‘ra, 25 yoshli niderlandiyalik futbolchiga Londonning «Tottenxem» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, «shporlar»ning yangi bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi himoyachini o‘z jamoasida ko‘rishni shaxsan istamoqda.

Shuningdek, van Xekkening transferi bo‘yicha «Chelsi» va «Liverpul» klublari ham vaziyatni kuzatib borayotgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 12:36, 10.05.2026.
O'qildi: 572 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик