Kirish Ro'yxatdan o'tish

Klopp qaysi superqahramonlarni xush ko‘rishini aytdi

Klopp qaysi superqahramonlarni xush ko‘rishini aytdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» klubi sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘zining eng sevimli superqahramonlari kimligini ma’lum qildi. Ayni damda dam olayotgan germaniyalik mutaxassis o‘z reytingini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilgan.

Kloppning ro‘yxatida birinchi o‘rinni Supermen egallagan bo‘lsa, ikkinchi pog‘onadan Betmen joy oldi. Kuchli uchlikni esa Temir odam (Iron Man) yakunlab bergan.

Ma’lumot uchun, Yurgen Klopp 2024 yilda «Liverpul»dagi faoliyatini yakunlagan edi. U ingliz klubi bilan APL, Angliya Kubogi, Liga Kubogi, Angliya Superkubogi, Chempionlar Ligasi va UYEFA Superkubogida zafar quchgan. Shuningdek, murabbiy Dortmundning «Borussiya» jamoasi bilan Germaniya chempioni bo‘lgan va YECHL finaliga qadar yetib borgan.

Kiritildi: 13:00, 10.05.2026.
O'qildi: 916 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик