Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Ferran Torres yozda «Barselona»ni tark etishi mumkin

Ferran Torres yozda «Barselona»ni tark etishi mumkin

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Ferran Torres kelayotgan yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishga yaqin turibdi. Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, kataloniyaliklar futbolchi bilan amaldagi shartnomani uzaytirish niyatida emas.

Manbaga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» 2027 yilgacha mo‘ljallangan kelishuvga ega Torresni sotishga tayyor. Hozirda futbolchi uchun kurashda bir yo‘la bir nechta klublar, jumladan, «Nyukasl», «Aston Villa» va «Milan» ishtirok etmoqda. Italyan klubi futbolchini keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olishni ko‘zlayotgan bo‘lsa, APL vakillari transferni darhol amalga oshirishga tayyor.

Qayd etilishicha, «Aston Villa» ispaniyalik hujumchi uchun 65 million yevro ajratishga qaror qilgan. «Nyukasl» uchun esa Torres yozgi transferlar davridagi asosiy maqsad bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, Ferran Torres joriy mavsumda barcha turnirlarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:26, 10.05.2026.
O'qildi: 980 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик