Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

"Real" "Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flikka hamdardlik bildirdi

"Real" "Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flikka hamdardlik bildirdi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi "Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flikning otasi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Germaniyalik mutaxassisning otasi yakshanba, 10 may kuni tongda olamdan o‘tdi. Oiladagi og‘ir judolikka qaramay, Flik bugun bo‘lib o‘tadigan "El-Klasiko" bahsini o‘tkazib yubormoqchi emas.

"Real" klubi, uning prezidenti va direktorlar kengashi "Barselona" murabbiyi Xansi Flikning otasi vafotidan chuqur qayg‘uda ekanliklarini ma’lum qildi. "Real" marhumning oila a’zolari va yaqinlariga o‘z ta’ziyasini bildiradi", — deyiladi Madrid klubi e’lon qilgan rasmiy bayonotda.

Bugun, yakshanba kuni Ispaniya La Ligasining 35-turi doirasida "Kamp Nou" stadionida "Barselona" va "Real" jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi. O‘yin oldidan Flikning otasi xotirasi uchun bir daqiqalik sukut saqlanishi, kataloniyalik futbolchilar esa maydonga motam bog‘ichlari bilan tushishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, "ko‘k-anorranglilar" ayni damda 88 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 77 ochkoga ega "qaymoqranglilar" esa ikkinchi pog‘onada bormoqda. Agar "Barselona" bo‘lajak bahsda mag‘lubiyatga uchramasa, muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtiradi.

Kiritildi: 18:52, 10.05.2026.
O'qildi: 894 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик