Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Kukurelya "Manchester Siti"ga qarshi final oldidan bayonot berdi

Kukurelya "Manchester Siti"ga qarshi final oldidan bayonot berdi

Baho:
+3 | -

«Chelsi» himoyachisi Mark Kukurelya bo‘lajak Angliya Kubogi finali haqidagi kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi. Unda London klubi «Manchester Siti»ga qarshi bahs olib boradi.

«Biz o‘zimizga ishonishimiz kerak. «Liverpul»ga qarshi o‘yinda jamoa yuqori darajada edi. Bu yerdagi ko‘plab futbolchilar o‘tgan mavsumda ikkita sovrin yutishgan, shunday ekan, bizda sifat bor. Faqat ayrim jihatlarni to‘g‘rilab olishimiz kerak. O‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish lozim, chunki jamoalar bunday uchrashuvlarda doim o‘zlarining eng yaxshi tomonlarini ko‘rsatishadi», — deya Kukurelyaning so‘zlarini keltiradi Bobbi Vinsent.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Kubogi finali 16 may kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Londondagi mashhur «Uembli» stadionida o‘tkaziladi.

Kiritildi: 23:10, 10.05.2026.
O'qildi: 938 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик