Fransiya Liga 1 ning 33-turidan o‘rin olgan uchrashuv Luis Enrike uchun «PSJ» bosh murabbiyi sifatida ushbu turnirdagi 100-o‘yin bo‘ldi. Parij jamoasi o‘z maydonida «Brest»ni qabul qilmoqda. O‘yin Parijdagi «Park de Prens» stadionida bo‘lib o‘tmoqda. Bahsni bosh hakam Jerom Brizar boshqarib bormoqda. Xabar e’lon qilingan vaqtda uchrashuvda hisob ochilmagan edi — 0:0.
Ushbu to‘qnashuvga qadar Enrike Parij klubi ustozi sifatida Ligi 1 doirasida 70 ta g‘alaba qayd etgan, 9 bor durang o‘ynagan va 20 ta mag‘lubiyatga uchragan.
Fransiya chempionatining 32 ta o‘yinidan so‘ng «PSJ» 70 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Brest» esa 38 ochko bilan 12-pog‘onani egallab turibdi.













