Italiya A seriyasi 2025/2026 yilgi mavsumining 36-turidan o‘rin olgan «Milan» hamda «Atalanta» o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bellashuv Milandagi «San-Siro» stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Bergamo jamoasining 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Uchrashuvdagi hisobni «Atalanta» yarim himoyachisi Ederson 7-daqiqada ochdi. 29-daqiqada Davide Dzappakosta mehmonlar ustunligini oshirdi. Ikkinchi bo‘limda esa 52-daqiqada hujumchi Jakomo Raspadori hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
88-daqiqada «Milan» himoyachisi Straxinya Pavlovich bir to‘p farqini qisqartirdi. Uchrashuvning qo‘shimcha daqiqalarida, aniqrog‘i 90+4-daqiqada Kristofer Nkunku penaltini aniq amalga oshirib, milanliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Ushbu natijadan keyin «Milan» 36 uchrashuvdan so‘ng 67 ochko bilan Italiya chempionati jadvalida to‘rtinchi o‘rinda qolmoqda. «Atalanta» esa 58 ochko bilan yettinchi pog‘onadan joy olgan.
Italiya — A seriya. 36-tur
2026 yil 10 may, yakshanba.
«Milan» — «Atalanta» 2:3
Gollar: Ederson 7, Davide Dzappakosta 29, Djakomo Raspadori 52 — Straxinya Pavlovich 88, Kristofer Nkunku 90+4 (penalti).













