Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik «Barselona»dagi muhitdan hayratda: «Bunday mehr-muhabbatni hech qayerda ko‘rmaganman»

Flik «Barselona»dagi muhitdan hayratda: «Bunday mehr-muhabbatni hech qayerda ko‘rmaganman»

Baho:
+1 | -

Xans-Diter Flik «Barselona»ni yana bir bor La Liga chempionligiga yetaklab keldi. Yakshanba kuni kataloniyaliklar Madridning «Real» klubini mag‘lub etib (2:0), muddatidan oldin Ispaniya chempioni nomini qo‘lga kiritishdi.

«Bu yerga kelib to‘g‘ri qaror qabul qilganimni bilardim. Birinchi kundanoq meni juda iliq kutib olishdi. Deku, Laporta va butun shahar ahli menga katta mehr ko‘rsatishdi. Bu yerda o‘zimni juda qulay his qilyapman va bularning barchasini cheksiz qadrlayman. Avval ishlagan joylarimning hech birida bunga o‘xshash holatni ko‘rmaganman», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri.

Germaniyalik mutaxassis qo‘l ostida «ko‘k-anorranglilar» ikki mavsum ichida ichki arenadagi oltita sovrindan beshtasini qo‘lga kiritishdi. Murabbiyning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan, biroq yaqin orada u uzaytirilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 10:32, 11.05.2026.
O'qildi: 582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик