Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Reshford ilk bor liga chempionligini qo‘lga kiritdi

Reshford ilk bor liga chempionligini qo‘lga kiritdi

Baho:
+2 | -

Markus Reshford «Barselona» tarkibida La Liga g‘olibiga aylandi. Ingliz futbolchisi Madridning «Real» klubiga qarshi kechgan «oltin o‘yin»ning 9-daqiqasida hisobni ochib, kataloniyaliklarning zafariga munosib hissa qo‘shdi. «Ko‘k-anorranglilar» prinsipial raqibni mag‘lub etib (2:0), chempionat yakuniga uch tur qolganda chempionlikni naqd qilishdi.

28 yoshli Reshford uchun bu faoliyatidagi ilk liga chempionligi hisoblanadi. Bungacha vinger «Manchester Yunayted» safida turli klub turnirlarida g‘olib chiqqan bo‘lsa-da, chempionatdagi g‘alaba ta’mini aynan hozir his qildi. Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Reshfordni «qizil iblislar»dan joriy mavsum yakuniga qadar ijaraga olgan edi.

Kiritildi: 10:55, 11.05.2026.
O'qildi: 962 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик