Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jon Stouns va Bernardu Silva «Manchester Siti» futbolchilari uchun xayrlashuv kechasini tashkil qildi

Jon Stouns va Bernardu Silva «Manchester Siti» futbolchilari uchun xayrlashuv kechasini tashkil qildi

Baho:
+1 | -

«Manchester Siti» himoyachisi Jon Stouns va yarim himoyachi Bernardu Silva jamoadoshlari bilan xayrlashish maqsadida maxsus kecha tashkil etdi.

Har ikki futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi yakuniga yetmoqda va ular yozda erkin agent sifatida jamoani tark etadi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan xayrlashuv ziyofatiga «shaharliklar»ning barcha futbolchilari va ularning oila a’zolari taklif qilindi.

Tadbir tafsilotlari futbolchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma’lum bo‘ldi.

Mehmonlarga taqdim etilgan salfetkalarda «Bernardu va Jon — «manguga ko‘klar» (Bernardo & John — forever Blues) deb yozilgan.

Shuningdek, kechada klub ramziga mos ravishda bezatilgan kokteyllar ulashilgan. Xususan, ichimliklar menyusidan «Chempionlik martinisi» va «Bernardu» nomli ichimliklar joy olgan.

Kiritildi: 12:39, 11.05.2026.
O'qildi: 1130 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик