Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Martin Edegor «Arsenal»ning chempionlik yo‘lidagi muhim g‘alabasi sirini aytdi

Martin Edegor «Arsenal»ning chempionlik yo‘lidagi muhim g‘alabasi sirini aytdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Martin Edegor Premyer-liga doirasida «Vest Xem» ustidan qozonilgan g‘alabadan (1:0) keyin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv taqdirini 80-daqiqada kiritilgan yagona gol hal qildi: Leandro Trossar raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Golga zaxiradan maydonga tushgan jamoa sardori Edegor assistentlik qildi.

«Bu shunchaki hayratlanarli. O‘yin juda og‘ir kechdi, oxirigacha kurashishimizga to‘g‘ri keldi, lekin bu — Premyer-liga. Bu yerda hech narsa osonlik bilan qo‘lga kiritilmaydi, biroq biz maqsadimizga erishdik. Jamoamiz xuddi katta oilaga o‘xshaydi, bir-birimiz uchun oxirigacha jang qilamiz. Ortda ko‘plab qiyin damlar qoldi. Ushbu g‘alabani muxlislarimiz bilan birga nishonlash juda yoqimli», — dedi norvegiyalik futbolchi o‘yindan keyingi intervyusida.

Ma’lumot uchun, «Arsenal» 36 turdan so‘ng 79 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi «Manchester Siti» hisobida 74 ochko bor, biroq «shaharliklar» zaxirasida bitta o‘yin mavjud.

Kiritildi: 12:41, 11.05.2026.
O'qildi: 601 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик