Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Itan Nvaneri faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
CaughtOffside nashrining xabariga ko‘ra, «kanonirlar» yozgi transfer oynasi vaqtida yosh iqtidor sohibini sotishga tayyor. 19 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga Milanning «Milan» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Itan Nvaneri «Arsenal» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Hujumchi joriy mavsumning ikkinchi yarmini «Marsel» klubida ijara asosida o‘tkazmoqda.
Mavsum davomida Nvaneri «Arsenal» va «Marsel» liboslarida barcha musobaqalarda jami 23 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 40 million yevroga baholagan.













