Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shesni: «Bu faoliyatimda ilk bor sodir bo‘lmoqda!»

Shesni: «Bu faoliyatimda ilk bor sodir bo‘lmoqda!»

Baho:
+3 | -

«Barselona» darvozaboni Voysex Shesni jamoadoshi Joan Garsiyaning mahoratiga yuqori baho berdi.

36 yoshli polshalik posbon yana bir bor «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy tarkibidan joy olishga da’vogar emasligini, chunki raqobatchisidan sezilarli darajada ortda qolayotganini tan oldi.

«Buni anglash g‘alati, lekin faoliyatimda ilk bor o‘zimdan ancha kuchli bo‘lgan darvozabon bilan bir jamoada to‘p suryapman. «Roma»da Alisson ham ajoyib edi, biroq u vaqtda u hali keyingi darajasiga chiqib ulgurmagandi. Joan Garsiya bilan bog‘liq vaziyat esa boshqacha. U bilan "Barsa"ning kelajagi ishonchli qo‘llarda. Men endi elita darajasida emasman, shuning uchun vazifam Garsiya bilan raqobatlashish emas, balki uni qo‘llab-quvvatlashdir», — deya Shesnining so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yakshanba kuni Joan Garsiya «Barselona»ning madridlik ta’qibchisi «Real» ustidan qozonilgan «quruq» g‘alabasiga (2:0) o‘z hissasini qo‘shgan edi.

Kiritildi: 12:51, 11.05.2026.
O'qildi: 777 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик