Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Real” Mourinyo uchun “Benfika”ga qancha tovon puli to‘lashi ma’lum bo‘ldi

“Real” Mourinyo uchun “Benfika”ga qancha tovon puli to‘lashi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Portugaliyaning “Benfika” klubi bosh murabbiy Joze Mourinyoni 17 mayga qadar qo‘yib yubormoqchi emas, biroq ushbu sanadan so‘ng uning Madridning “Real” klubiga o‘tishiga rozilik berishga tayyor. Bu haqda jurnalist Yagiz Sabunjuo‘g‘li o‘zining X sahifasida xabar berdi.

Lissabon klubi ehtimoliy kelishuvning moliyaviy shartlarini kelishib oldi. Unga ko‘ra, agar Mourinyo “Real”ga o‘tadigan bo‘lsa, “Benfika” 6 million yevro miqdorida tovon puli oladi. Manbaning ta’kidlashicha, Mourinyoning o‘zi ham “qirollik klubi” bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Tomonlar mutaxassisning Madridga qaytishi borasidagi tafsilotlarni muhokama qilmoqda.

Mazkur kelishuvda 17 may hal qiluvchi muddat bo‘lib xizmat qiladi. Shu kuni “Benfika” chempionatdagi so‘nggi o‘yinida “Eshtoril”ga qarshi maydonga tushadi. Lissabon klubi ayni paytda Chempionlar Ligasiga yo‘llanma beruvchi pog‘ona uchun “Sporting” bilan jiddiy kurash olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, portugaliyalik mutaxassis 2010 yildan 2013 yilgacha “Real”da faoliyat yuritgan va bu davr mobaynida uchta sovrinni qo‘lga kiritgan. Mourinyo Madrid klubidagi avvalgi faoliyati davomida La Liga, Ispaniya kubogi va Ispaniya Superkubogida g‘olib chiqqan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:24, 11.05.2026.
O'qildi: 1771 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик