Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Neymar va 41 yoshli Tiago Silva Braziliyaning JCH-2026 uchun 55 kishilik qaydnomasiga kiritildi

Neymar va 41 yoshli Tiago Silva Braziliyaning JCH-2026 uchun 55 kishilik qaydnomasiga kiritildi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi bugun Jahon chempionati-2026 uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qiladi.

UOL nashrining yozishicha, dushanba kuni Braziliya futbol konfederasiyasi FIFAga 55 nafar futbolchidan iborat ro‘yxatni yuboradi. Karlo Anchelotti boshqaruvidagi jamoaning aynan shu futbolchilari orasidan jahon birinchiligi uchun yakuniy tarkib saralab olinadi.

Kengaytirilgan ro‘yxatdan «Santos» hujumchisi Neymar, «Chelsi» forvardi Estevao va «Portu»ning 41 yoshli himoyachisi Tiago Silva kabi o‘yinchilar joy oladi. Ushbu dastlabki tarkib rasman e’lon qilinmaydi.

Braziliyaliklar JCH-2026 uchun 26 nafar futbolchidan iborat yakuniy qaydnomani 18 may kuni ochiqlashadi.

Kiritildi: 17:40, 11.05.2026.
O'qildi: 1387 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик