Kirish Ro'yxatdan o'tish

Maurisio Sarri: «Inter»ga qarshi final mutlaqo boshqacha o‘yin bo‘ladi»

Maurisio Sarri: «Inter»ga qarshi final mutlaqo boshqacha o‘yin bo‘ladi»

Baho:
+ | -

Italiya Kubogi finali arafasida Rimning «Lasio» klubi chempionat doirasida yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi — raqib aynan finaldagi bo‘lajak raqib, Milanning «Inter» jamoasi edi. Shunga qaramay, «Lasio» ustozi Maurisio Sarri chorshanba kungi bahs butunlay boshqacha o‘tishiga ishonmoqda.

«Chorshanba kungi o‘yin mutlaqo boshqacha bo‘ladi. Unga boshqacha yondashamiz. Biz bor kuchimizni berishimiz kerak, ayniqsa, o‘z muxlislarimiz qarshisida. Bu haqiqiy jang bo‘ladi», — deya Sarrining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda derbyderbyderby.it.

Eslatib o‘tamiz, «Lasio» oxirgi marta 2019 yilda Italiya Kubogida g‘olib chiqqan. «Inter» esa ushbu sovrinni so‘nggi bor 2023 yilda qo‘lga kiritgan edi.

Kiritildi: 18:36, 11.05.2026.
O'qildi: 577 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик