Kirish Ro'yxatdan o'tish

"PSJ" darvoza chizig‘ida o‘zgarishlar qilishi mumkin

"PSJ" darvoza chizig‘ida o‘zgarishlar qilishi mumkin

Baho:
+ | -

Mavsum davomida Matvey Safonov "PSJ" darvozasini qo‘riqlash borasidagi raqobatda ustunlikka erishdi, Lyuka Shevalye esa zaxira o‘rindig‘iga "mixlanib" qoldi.

L’Equipe nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Shevalye keyingi mavsumda ham ikkinchi raqamli darvozabon rolida qolishga rozi bo‘lishi amrimahol. Shu sababli, u yozgi transfer oynasi vaqtida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Biroq, ko‘p narsa "PSJ" rahbariyati futbolchining transferi uchun qancha mablag‘ talab qilishiga bog‘liq bo‘ladi.

Qayd etilishicha, "PSJ"ning ikkinchi darvozaboni sifatida Renato Marin tanlanishi mumkin. U so‘nggi uchrashuvlarda o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. Marin Shevalyening jarohati va murabbiylar shtabi Safonovga dam berishga qaror qilgani sababli o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli Lyuka Shevalyening bozor qiymati Transfermarkt portali tomonidan 30 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 22:20, 11.05.2026.
O'qildi: 729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик