Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

"Liverpul" va "Tottenxem" fransuz iqtidoriga xaridor

"Liverpul" va "Tottenxem" fransuz iqtidoriga xaridor

Baho:
+ | -

Angliyaning "Liverpul" klubi "Monako" vingeri Magnes Akliushning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

L’Équipe nashrining xabar berishicha, mersisaydliklar 24 yoshli fransuz futbolchisini jamoa yetakchisi Muhammad Salohning o‘rnini bosuvchi asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rishmoqda. Ma’lumki, Saloh shu yozda erkin agent sifatida klubni tark etadi. "Liverpul" rahbariyati "Monako" futbolchi uchun taxminan 50 million yevro talab qilayotganiga qaramay, muzokaralarga kirishishga tayyor.

Akliush joriy mavsumda Fransiya Lige 1 doirasida 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Qayd etilishicha, ushbu futbolchi uchun kurashda "Tottenxem" klubi ham mersisaydliklarga raqobat tug‘dirishi mumkin.

Bundan tashqari, "Liverpul" skautlari Fransiya chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan "Lans" yarim himoyachisi Mamadu Sangareni ham kuzatishda davom etmoqda. Klub yozgi transfer oynasida tarkibni sezilarli darajada yangilashni maqsad qilgan.

Kiritildi: 22:42, 11.05.2026.
O'qildi: 236 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик