Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

APL. «Tottenxem» o‘z uyida «Lids» bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi (Videosharh)

APL. «Tottenxem» o‘z uyida «Lids» bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi (Videosharh)

Baho:
+ | -

«Tottenxem» Angliya chempionatining 36-turi doirasida o‘z maydonida «Lids» bilan durang o‘ynadi — 1:1.

Ikkinchi bo‘lim boshida mezbonlar safida Matis Tel gol urdi. 74-daqiqada mehmonlar Dominik Kalvert-Lyuin tomonidan aniq amalga oshirilgan penalti evaziga muvozanatni tiklashdi.

Hakam ikkinchi bo‘limning asosiy vaqtiga 13 daqiqa qo‘shib berdi.

«Tottenxem» 38 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi. Mavsum yakunini ikki tur qolganida, xavfli hududda borayotgan «Vest Xem» bilan oradagi farq ikki ochkoni tashkil etmoqda. «Lids» esa 44 ochko bilan 14-pog‘onadan joy olgan.

Navbatdagi turda «shporlar» safarda «Chelsi» mehmoni bo‘lishadi, «Vest Xem» esa «Nyukasl» bilan kuch sinashadi.

«TOTTENXEM» — «LIDS» — 1:1

Gollar: Matis Tel 50 (1:0), Dominik Kalvert-Lyuin 74-pen (1:1).

«Tottenxem»: Kinski, Danso, van de Ven, Udodji (Spens, 85), Porro, Palinya, Bentankur (Bergvall, 81), Gallaxer, Tel (Meddison, 85), Kolo Muani, Risharlison.

«Lids»: Darlou, Biyol, Streyk (Bornau, 56), Rodon, Ampadu, Shtax, Tanaka (Longstaff, 90+3), Djastin, Djeyms (Nmecha, 63), Kalvert-Lyuin, Aaronson (Nyonto, 63).

Ogohlantirishlar: Danso (41), Palinya (66), Porro (82) — Rodon (79).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:28, 12.05.2026.
O'qildi: 186 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик