Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/06 02:00 Fransiya 3-0 Iroq
23/06 05:00 Norvegiya 3-2 Senegal
23/06 08:00 Iordaniya 1-2 Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya 5-0 O‘zbekiston
24/06 01:00 Angliya 0-0 Gana
24/06 04:00 Panama 0-1 Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya 1-0 Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya - Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina - Qatar
25/06 03:00 Shotlandiya - Braziliya
25/06 03:00 Marokash - Gaiti
25/06 06:00 Chexiya - Meksika
25/06 06:00 JAR - Janubiy Koreya

«Yuventus» o‘z yulduziga narx belgiladi

«Yuventus» o‘z yulduziga narx belgiladi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted», «Arsenal» va «Liverpul» klublari «Yuventus» himoyachisi Andrea Kambyasoni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 26 yoshli italiyalik futbolchi yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishga tayyor. Ayni damda «Manchester Yunayted» chap qanot himoyachisi qidirish ishlarini faollashtirgan. Avvalroq ushbu futbolchi «Manchester Siti»ning ham qiziqishlari doirasida bo‘lgan edi.

«Yuventus» o‘z futbolchisini 60 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

Kambyaso 2022 yilning iyul oyidan beri «Yuventus» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning turinliklar bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

2025/26 yilgi mavsumda himoyachi 45 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 05:47, 12.05.2026.
O'qildi: 768 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик