Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Borussiya» to‘purari jamoaning o‘yin uslubi sabab ketishi mumkin

«Borussiya» to‘purari jamoaning o‘yin uslubi sabab ketishi mumkin

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Seru Girassi jamoani tark etishi mumkin.

Xabar qilinishicha, 30 yoshli forvard jamoadagi ba’zi holatlardan norozi. Uning bosh murabbiy Niko Kovach bilan munosabatlari yaxshi bo‘lsa-da, futbolchiga jamoaning o‘yin uslubi ma’qul kelmayapti.

Yettita alohida klub uchun amal qiladigan 50 million yevro miqdoridagi tovon puli sezilarli darajada pasaygan. «Real», «Barselona», «Manchester Siti», «Liverpul», «Chelsi», «Manchester Yunayted» va «Arsenal» klublari futbolchini sotib olish bandini faollashtirishi mumkin.

Shuningdek, hujumchiga «Milan», «Tottenxem» va «Fenerbaxche» jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. Hozircha hech qaysi klub «Borussiya»ga rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q.

Ushbu mavsumda Girassi Bundesliganing 32 ta o‘yinida maydonga tushib, 16 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 11:09, 12.05.2026.
O'qildi: 849 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик