Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Enso Mareska Italiya futbolidagi inqiroz haqida fikr bildirdi

Enso Mareska Italiya futbolidagi inqiroz haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning sobiq bosh murabbiyi Enso Mareska Italiya terma jamoasining JCH-2026 ga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagani fonida italyan futbolidagi muammolar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Agar nimadir kutilganidek ishlamayotgan bo‘lsa, buning doim bir nechta sababi bo‘ladi. Bizga madaniy o‘zgarishlar kerak.

Bizda yosh o‘yinchilar yo‘q, deb o‘ylamayman. Gap ularga o‘ynash uchun imkoniyat berishdagi jasoratda. Yosh futbolchilar ham xuddi tajribali o‘yinchilar kabi xato qilishadi. Men yoshlar bilan til topishib ishlaganman. Barchamiz xato qilamiz.

Chempionlar ligasi biz qaysi yo‘nalishda ketayotganimizni ko‘rsatmoqda. «PSJ» bunga isbot bo‘la oladi. O‘tgan mavsumda ular g‘olib bo‘lishdi, bu yil esa — finalda. Biz ulardan nimadir o‘rganishimiz mumkin.

Menimcha, biz doim o‘zimizni himoya qilamiz. Agar «PSJ» Chempionlar ligasida zafar quchib, bu mavsumda ham finalga chiqqan bo‘lsa, demak, ular nimanidir to‘g‘ri bajarishmoqda.

Nima uchun «Bavariya»ga qarshi o‘yinni tanqid qilib, ular yomon himoyalanishdi deyishimiz kerak? Biz boshqa mamlakatlardan ko‘p narsa o‘rganishimiz mumkin, lekin biz juda mag‘rurmiz va boshqalardan o‘rganish biz uchun qiyin.

Biz o‘zini himoya qiladigan mag‘rur millatmiz. Ko‘plab mamlakatlar bizdan ko‘ra yaxshiroq ishlamoqda. Nima uchun buni tan olmaymiz?

Biz doimo qilayotgan ishimiz samarali va hech narsani o‘zgartirishga hojat yo‘q, deyishga moyilmiz», – dedi Enso Mareska.

Kiritildi: 12:27, 12.05.2026.
O'qildi: 177 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик