«Vest Xem» yarim himoyachi Mateush Fernandeshni sotib olmoqchi bo‘lgan klublardan taxminan 100 million yevro talab qilmoqda, deb xabar beradi Football Insider.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, bu summa «bolg‘achilar» 2025 yilning yozida 21 yoshli portugaliyalik futbolchining transfer huquqlari uchun to‘lagan mablag‘dan ikki baravar ko‘p demakdir.
Portugaliyalik futbolchiga eng katta qiziqishni yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish yo‘llarini izlayotgan «Manchester Yunayted» bildirmoqda. «Vest Xem» yuqori diviziondan tushib ketish xavfi ostida bo‘lsa-da, o‘yinchining o‘zi katta ehtimol bilan elitada qoladi.
Fernandesh 2025 yilning avgustidan buyon London jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi 40 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.













