Mavsum yakunidagi pasayish sababli Massimiliano Allegrining «Milan»dagi kelajagi xavf ostida qoldi. «Rossoneri» hali ham Chempionlar Ligasiga yo‘l olish imkoniyatini saqlab qolayotgan bo‘lsa-da, klub rahbariyati murabbiylar shtabi va boshqaruv tizimida o‘zgarishlar qilishni muhokama qilmoqda, deb xabar beradi La Gazzetta dello Sport.
«Atalanta» bilan o‘yindagi mag‘lubiyatdan (2:3) so‘ng klub xo‘jayini Djerri Kardinale futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun jamoa huzuriga shaxsan tashrif buyurdi. Shunga qaramay, klub ichida jamoaning keyingi rivojlanish yo‘li borasida shubhalar ortib bormoqda.
Rahbariyat ishtirokidagi uchrashuvlarda asosiy muammo sifatida boshqaruv tizimidagi birdamlikning yo‘qligi ko‘rsatilgan. Endilikda Kardinale kimga ishonish borasida bir qarorga kelishi kerak: bosh direktor Jorjo Furlani, sport direktori Igli Tare, texnik direktor Joffrey Monkada yoki katta maslahatchi Zlatan Ibrahimovich.
Klub xo‘jayini barqarorlik tarafdori va Allegri bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi. Biroq, agar jamoa Chempionlar Ligasiga yo‘llanma ololmasa yoki murabbiyning talablari juda yuqori bo‘lsa, vaziyat o‘zgarishi mumkin.













