«PSJ» o‘zining rasmiy saytida jamoadagi kadrlar holati bo‘yicha ma’lumot e’lon qildi.
Unga ko‘ra, yarim himoyachi Li Kan-In «Brest»ga qarshi o‘yinda to‘pig‘idan jarohat olgani sababli yaqin vaqt ichida trenajyor zalida mashg‘ulot o‘tkazadi. Lyuka ShevalYE, Ashraf Hakimiy va Kenten Ndjantula trenajyor zalida individual tarzda shug‘ullanmoqda.
Vilyan Pacho, Nunu Mendesh va Uorren Zair-Emeri esa tiklanish dasturi asosida ish olib borishmoqda.
Ertaga, 13 may kuni «PSJ» safarda «Lans»ga qarshi maydonga tushadi. Luis Enrike shogirdlari so‘nggi tur oldidan Fransiya chempionligini naqd qilishlari uchun ushbu o‘yinda durang qayd etishlari kifoya.













