Turinning «Yuventus» klubi 2026/2027 yilgi mavsum uchun mo‘ljallangan yangi uy libosini taqdim etdi. Unda oltin rangli elementlar mavjud.
«2026/2027 yilgi mavsum uchun yangi uy libosi «byankonerilar» merosiga ehtirom bajo keltirib, oltin davr estetikasini qaytarmoqda», — deb yozadi Turin klubi matbuot xizmati o‘z rasmiy saytida.

Ta’kidlash joizki, «Yuventus» allaqachon o‘z fan-do‘konida yangi liboslar to‘plami sotuvini boshlagan. Kattalar uchun mo‘ljallangan futbolkalarning narxi turli talqinlarga qarab 100 yevrodan 150 yevrogacha belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Turinning «Yuventus» jamoasi Italiya Seriya A turnir jadvalida 36 o‘yindan so‘ng 68 ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinda bormoqda.













