Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Nunyes APLga qaytishi mumkin

Nunyes APLga qaytishi mumkin

Baho:
+3 | -

«Al-Hilol» hujumchisi Darvin Nunyes yana Angliya Premyer-ligasiga qaytishi kutilmoqda. Football Insider bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yozda urugvaylik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Chelsi» jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Nunyesning o‘zi ham Saudiya Arabistonini tark etish yo‘llarini faol izlamoqda. Bunga klub tomonidan Karim Benzema bilan shartnoma imzolanganidan so‘ng, Darvinning asosiy tarkibdan chiqarib yuborilgani sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Darvin Nunyes 2025 yilda «Liverpul»dan «Al-Hilol»ga 53 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda hujumchi saudiyaliklar safida barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining ayni damdagi qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 19:07, 12.05.2026.
O'qildi: 267 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик