Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Kavani jarohatidan qutuldi

Kavani jarohatidan qutuldi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani maydonga qaytishga yaqin turibdi. U jarohatidan qutuldi va o‘z klubi — Argentinaning «Boka Xuniors» jamoasining navbatdagi mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.

Kutilishicha, u jamoasining Libertadores Kubogi doirasida Braziliyaning «Kruzeyro» klubiga qarshi kechadigan navbatdagi o‘yinidayoq maydonga tushishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «Matador» jarohati sababli qariyb uch oyni o‘tkazib yubordi. Bundan tashqari, so‘nggi vaqtlarda u Argentina matbuotining keskin tanqidlariga ham uchradi. Argentina OAVlari o‘z uslubi bilan Italiya matbuotiga juda o‘xshash bo‘lib (Argentina aholisining salmoqli qismi aynan Apennin yarim orolidan ko‘chib kelganlar avlodidir), e’tibordan chetda qolgan yoki formasini yo‘qotgan futbolchilarni ayab o‘tirmaydi.

Kiritildi: 19:27, 12.05.2026.
O'qildi: 533 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик