Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Mbappe: «Ba’zan o‘zingga emas, balki butun dunyoga tegishlidek tuyuladigan vaziyatlar bo‘ladi»

Mbappe: «Ba’zan o‘zingga emas, balki butun dunyoga tegishlidek tuyuladigan vaziyatlar bo‘ladi»

Baho:
+ | -

«Real» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe yulduzlik maqomi bilan bog‘liq mas’uliyat haqida fikr bildirdi.

«Optimist bo‘lishga harakat qilaman. Hammasi joyida. Albatta, ba’zan qiyin bo‘ladi, chunki o‘zingga emas, balki butun dunyoga tegishlidek tuyg‘u paydo bo‘ladi. Ammo shu bilan birga, biz bunday hayotni o‘zimiz tanlaganmiz. Balki bu darajada bo‘lishini kutmagandirmiz, lekin baribir tanlov o‘zimizdan bo‘lgan. Biz majburiyatlarni o‘z zimmamizga olganmiz. Millionlab odamlar o‘z minnatdorchiligi, e’tirofi va mehrini izhor qilayotgan bir paytda, faqat salbiy jihatlarga e’tibor qaratish qiyin. Shuning uchun, qaysidir ma’noda nolish — noshukurlik deb hisoblayman.

Men har doim ham vaziyatni to‘g‘ri boshqara olmaganman. Juda yoshligimda mashhur bo‘lib ketdim. Shu sababli ba’zida boshqa odamlarning o‘rniga o‘zimni qo‘yib ko‘rish uchun yetarlicha tajriba yoki empatiya yetishmasdi. Ayrim insonlar meni birinchi va oxirgi marta ko‘rishayotganini, keyin esa faqat televizor orqali kuzatishlarini tushunish uchun mulohaza kerak edi. Shuning uchun hozir, garchi odamlar ba’zan ruxsat etilgan chegaralardan chiqib ketishsa-da, ko‘proq tushunishga harakat qilaman», — dedi Mbappe.

Kiritildi: 20:45, 12.05.2026.
O'qildi: 355 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик