Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Tebas Peresni yolg‘onchilikda aybladi

Tebas Peresni yolg‘onchilikda aybladi

Baho:
+ | -

La Liga prezidenti Xavyer Tebas madridlik hamkasbi Florentino Peresga nisbatan keskin tanqid bilan chiqib, uni noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishda aybladi. Tebas Peresning «Vocento» mediaguruhi va «Relevo» nashri haqidagi bayonotlariga munosabat bildirdi.

«U aldayapti. Ba’zan bizni 25 million bergan, ba’zan 10 million bergan deb aytadi. Bu haqiqat emas. Hatto hisob-kitoblarimizni tekshirish uchun ham kelishgandi», — deya Tebasning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sport.es.

Shuningdek, La Liga rahbari Peresning «Real» Madridga nisbatan go‘yoki g‘arazli munosabat borligi haqidagi pozisiyasini ham tanqid ostiga oldi:

«U doim kimdir uni ta’qib qilayotganini his qilib yashaydi. Doimiy ravishda o‘zini qurbon qilib ko‘rsatish obrazi yaratiladi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Peres bir qator shov-shuvli bayonotlar, jumladan, «Barselona»ni hakamlarni sotib olganlikda ayblovchi chiqishlar qilgan edi.

Kiritildi: 08:19, 13.05.2026.
O'qildi: 209 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик