Kirish Ro'yxatdan o'tish

Angliya terma jamoasi a’zosi «Bavariya» bilan kelishuv arafasida turibdi

Angliya terma jamoasi a’zosi «Bavariya» bilan kelishuv arafasida turibdi

Baho:
+ | -

«Nyukasl» vingeri Entoni Gordon faoliyatini Myunxenning «Bavariya» klubida davom ettirishga rozilik berish arafasida. Bu haqda Bild nashriga tayanib Bayern & Germany xabar tarqatdi.

Manbaning ta’kidlashicha, myunxenliklar kuzatuv kengashi klub sport direktori Maks Eberlning ushbu transfer borasidagi rejasini to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda. Shunga qaramay, kelishuv amalga oshishi uchun «qarg‘alar» futbolchi uchun so‘ralayotgan narxni biroz pasaytirishlariga to‘g‘ri keladi. 25 yoshli angliyalik futbolchining o‘zi esa Bundesliga grandiga o‘tishni istamoqda va klub bilan kelishuvga yaqin kelgan.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Entoni Gordonning bozor qiymatini 60 million yevroga baholagan, biroq «Nyukasl» o‘z yetakchisi uchun ko‘proq mablag‘ talab qilmoqda. Futbolchining ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 10:48, 13.05.2026.
O'qildi: 639 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик