Myunxenning «Bavariya» klubi mutasaddilari jamoa tarkibini kuchaytirish zarur deb hisoblamoqda. So‘nggi kunlarda o‘tkazilgan ichki tahlillar jamoada zaxira kuchi (tarkib chuqurligi) bilan bog‘liq jiddiy muammolar borligini ko‘rsatdi. Bu haqda Bayern & Germany nashri xabar bermoqda.
Klub rahbariyatining ishonchi komilki, Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun murabbiy ixtiyorida ko‘proq mahoratli futbolchilar bo‘lishi lozim. Bunga misol tariqasida 2020 yilda «trebl» qayd etgan tarkib keltirilgan. Ta’kidlanishicha, joriy mavsumda jamoa ustozi Vensan Kompanida tarkib rotasiyasi uchun imkoniyatlar, bundan olti yil avval Xans-Diter Flikda bo‘lgan imkoniyatlarga qaraganda ancha kam bo‘lgan.
Ushbu muammoni hal qilish uchun «Bavariya» hujum chizig‘iga bir nechta yangi futbolchilarni jalb etmoqchi. Ayni damda «Nyukasl» a’zosi Entoni Gordon asosiy maqsad bo‘lib turibdi. Shuningdek, zaxira quvvatini oshirish uchun boshqa transferlar ham amalga oshirilishi istisno etilmagan.













