Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Inter» ustozi «Lasio» bilan o‘yin oldidan futbolchilarini ogohlantirdi

«Inter» ustozi «Lasio» bilan o‘yin oldidan futbolchilarini ogohlantirdi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu Italiya Kubogi finali doirasidagi «Lasio»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Kubok sohibi bugun tunda aniqlanadi.

E’tiborli jihati, o‘tgan shanba kuni «neradzurrilar» A Seriya doirasida Rimda «burgutlar»ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Biroq Kivu bo‘lajak bahs murakkab kechishini ta’kidlamoqda.

«Bizni mutlaqo boshqacha o‘yin kutmoqda. Qisqa vaqt ichida bir raqib bilan ketma-ket ikki marta o‘ynashning o‘z kamchiliklari bor. Kimdir bizga oson bo‘ladi deb o‘ylashi mumkin, lekin «Lasio» finalga qo‘shimcha motivasiya bilan chiqadi. Biz kamtarlikni saqlashimiz va to‘g‘ri kayfiyatda bo‘lishimiz kerak. Shu bilan birga, Skudetto va Italiya Kubogi finaliga bejiz chiqmaganimizni, bunga to‘liq loyiq ekanimizni yodda tutishimiz lozim», — deydi Kivu.

Ma’lumot uchun, agar «Inter» bugun zafar quchsa, oxirgi 16 yil ichida ilk bor «oltin dubl» qayd etishi mumkin. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 11:12, 13.05.2026.
O'qildi: 423 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик