Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik Reshfordning «Barselona»dagi o‘yinidan hayratda ekanini yashirmadi

Flik Reshfordning «Barselona»dagi o‘yinidan hayratda ekanini yashirmadi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa hujumchisi Markus Reshfordning joriy mavsumdagi o‘yiniga yuqori baho berdi. Ma’lumki, angliyalik futbolchi kataloniyaliklar safida ijara asosida to‘p surmoqda.

«Men Reshfordni juda qadrlayman. Menimcha, u fantastik mavsumni o‘tkazdi va yaxshi ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Undan juda minnatdorman va uning mehnatini yuqori baholayman», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano.

Markus Reshford joriy mavsumda «Barselona» safida barcha musobaqalarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, hujumchi transfer huquqi bo‘yicha «Manchester Yunayted»ga tegishli hisoblanadi. «Barselona» rahbariyati futbolchini «qizil iblislar»dan to‘liq sotib olish yoki olmaslik borasida hali bir qarorga kelgani yo‘q.

Kiritildi: 12:11, 13.05.2026.
O'qildi: 850 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик