Italiyaning «Inter» klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu «Lasio»ga qarshi ketma-ket o‘tkaziladigan ikki o‘yin borasida gapirdi. Bundan oldin «Inter» A Seriya doirasida «Lasio»ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Bugun, 13 may kuni jamoalar Italiya Kubogi finalida to‘qnash kelishadi.
— Shanba kungi o‘yinning qaysi jihatlari bo‘lajak uchrashuv uchun foydali bo‘lishi mumkin?
— Bu ikkita turli xil o‘yin. Qisqa vaqt ichida bir raqibga qarshi ikki marta o‘ynashning salbiy tomonlari ham bor. Birinchidan, kimdir shanba kungi bahs oson kechdi deb o‘ylashi mumkin, ammo «Lasio»da final uchun qo‘shimcha motivasiya bo‘ladi. Biz kamtarlikni va to‘g‘ri ruhiyatni saqlab qolishimiz kerak. Shu bilan birga, biz Skudettoni va Italiya Kubogi finalidagi o‘rinni munosib qo‘lga kiritganimizni unutmasligimiz lozim. Biz bu huquqimizni imkon qadar eng yaxshi tarzda himoya qilishni istaymiz, — dedi Kivu «Inter» rasmiy saytiga.













