Germaniyaning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyer klub bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
«40 yoshli afsonaviy futbolchi shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirmoqda. To‘liq kelishuvga erishildi. Maosh qisqartirildi — hozirda u soliqlardan tashqari yiliga taxminan 20 million yevroni tashkil etmoqda.
Imzo chekish marosimi, agar imkoniyat bo‘lsa, shanba kuni «Kyoln»ga qarshi mavsumdagi so‘nggi uy uchrashuvidan oldin o‘tkazilishi kutilmoqda. «Bavariya» rasmiy e’lonni tayyorlamoqda», — deb yozdi Florian Plettenberg.
Manuel Noyer 2011 yildan buyon «Bavariya» safida to‘p surib kelmoqda. U klub bilan 13 karra Germaniya chempioni va ikki karra Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan.













