«Chelsi» yarim himoyachisi Andrey Santos Angliya kubogi finali doirasida «Manchester Siti»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Albatta, Angliya kubogida zafar quchish nafaqat men uchun, balki «Chelsi»ning barcha futbolchilari uchun bir orzu. Biz allaqachon klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqdik, ba’zi o‘yinchilarimiz esa Konferensiyalar ligasida ham zafar quchishgan. «Chelsi» bilan g‘alaba qozonish qanchalik muhimligini yaxshi bilasiz, ammo maqsadga erishish uchun qolgan uchta o‘yinda ham qattiq mehnat qilishimiz kerak», — deydi Santos.
Ma’lumot uchun, Angliya kubogining final uchrashuvi 17 may kuni Londondagi mashhur «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, «lodonliklar» so‘nggi bor 2017/18 yilgi mavsumda «Manchester Yunayted»ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, ushbu nufuzli sovringa ega chiqishgan edi.













