Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kazemiro Maynuning kuchli jihatini aytdi

Kazemiro Maynuning kuchli jihatini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kazemiro jamoadoshi Kobbi Maynuning o‘yini borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Braziliyalik tajribali futbolchi Rio Ferdinandning podkastida yosh iqtidor egasining mahoratini alohida e’tirof etdi.

«Maynu — aql bovar qilmaydigan futbolchi. U «oltilik» emas, balki sof «sakkizlik». Uning to‘p bilan muomalasi kishini hayratga soladi. Kobbi to‘pga egalik qilishni juda yaxshi ko‘radi, unga to‘p kerak va u o‘yinni nazorat qila oladi. Eng muhimi, u to‘pni deyarli yo‘qotmaydi. Maynuda yuqori sifat bor», — deydi Kazemiro.

Ma’lumot uchun, Kobbi Maynu «Manchester Yunayted» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda yarim himoyachi «qizil iblislar» safida barcha turnirlarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 18:43, 13.05.2026.
O'qildi: 894 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик