«Manchester Yunayted» klubi kamerunlik darvozabon Andre Onananing kelajagi borasida bir qarorga keldi.
ESPN nashrining xabar berishicha, «qizil iblislar» keyingi mavsumda darvozabonni tarkibga qaytarishni rejalashtirishmayapti. Mankunianliklar allaqachon Onananing transferi ustida ish boshlashgan va yozgi transfer oynasida yangi posbon sotib olishga tayyor.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli Andre Onana joriy mavsumni ijara asosida Turkiyaning «Trabzonspor» klubida o‘tkazmoqda. Uning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali mutaxassislari kamerunlik posbonning transfer qiymatini 12 million yevroga baholashgan.













