«Inter Mayami» yarim himoyachisi Rodrigo de Paul kelajagi borasida bir qarorga keldi. ESPN jurnalisti Tomi Davilaning xabar berishicha, 31 yoshli futbolchi o‘z vataniga — Argentinaning «Rasing» klubiga qaytishni rejalashtirmoqda.
Biroq de Paul bu ishni faqat bir shart bilan amalga oshiradi: u hozirda «Inter Mayami»dagi jamoadoshi Lionel Messi futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘nggina Argentinaga yo‘l oladi.
Ma’lumot uchun, Rodrigo de Paul 2026 yilning yanvar oyida Madridning «Atletiko» klubidan 15 million yevro evaziga Amerika jamoasiga o‘tgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 31 dekabriga qadar mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda yarim himoyachi «Inter Mayami» safida barcha turnirlarda 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.













