Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fabrisio Romano Mourinyoning Madridga qaytishi nimaga bog‘liq ekanligini aytdi

Fabrisio Romano Mourinyoning Madridga qaytishi nimaga bog‘liq ekanligini aytdi

Baho:
+ | -

So‘nggi haftalarda Joze Mourinyoning Madridning «Real» klubiga qaytishi haqidagi xabarlar yanada avj oldi. Taniqli insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli davom etmoqda va yakuniy pallasiga kirgan.

Shunga qaramay, portugaliyalik mutaxassisning tayinlovi «Real»da bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlaridan so‘ng amalga oshishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Florentino Peres maxsus matbuot anjumani o‘tkazib, bir qator shov-shuvli bayonotlar bergan hamda klubda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini e’lon qilgan edi. Mourinyoning qaytishi aynan ushbu siyosiy jarayonlar yakuniga bog‘liq bo‘lib turibdi.

Madrid jamoasi navbatdagi uchrashuvini 14 may, payshanba kuni La Liga doirasida o‘z maydonida «Real Ovyedo»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 22:38, 13.05.2026.
O'qildi: 1451 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик