Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lautaro Italiya Kubogidagi g‘alaba haqida gapirdi

Lautaro Italiya Kubogidagi g‘alaba haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi sardori, argentinalik hujumchi Lautaro Martines Italiya Kubogi finalidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Turnirning hal qiluvchi bahsida mamlakat chempioni birinchi bo‘limning o‘zidayoq raqib darvozasiga ikkita gol urib, ustunlikni o‘z qo‘liga oldi va o‘yinni g‘alaba bilan yakunladi.

«Oltin dubl (ham chempionat, ham kubokda zafar quchish) — bu juda muhim, ayniqsa, unchalik omadli chiqmagan o‘tgan mavsumdan keyin. Biz natijalar va o‘yin shiddati bobida juda yaxshi mavsumni o‘tkazdik, vaholanki oldinda yana ikkita uchrashuv bor. Kuboklar biz uchun hamisha juda qadrli», — deya Lautaroning so‘zlarini keltiradi fcinter1908.it nashri.

Eslatib o‘tamiz, Lautaro Martines 2018 yildan buyon Milan klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 08:39, 14.05.2026.
O'qildi: 541 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик