Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Atletiko» Grizmann o‘rniga «Borussiya» yulduzini olib kelmoqchi

«Atletiko» Grizmann o‘rniga «Borussiya» yulduzini olib kelmoqchi

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumkor yarim himoyachisi Yulian Brandt faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin. Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, ayni damda 30 yoshli futbolchi uchun kurashda Madridning «Atletiko» klubi peshqadamlik qilmoqda.

Brandtning «asalarilar» bilan shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi. Bu esa madridliklarga tajribali futbolchini tekinga, erkin agent sifatida qo‘lga kiritish imkonini beradi. Yulianga shuningdek, Londonning «Arsenal», Italiyaning «Roma» va Turkiyaning «Fenerbaxche» klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Brandt «Borussiya» safida jami 306 ta o‘yin o‘tkazib, 57 ta gol va 70 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

«Matraschilar» germaniyalik futbolchini jamoa yetakchisi Antuan Grizmann o‘rniga munosib o‘rinbosar deb hisoblamoqda. Eslatib o‘tamiz, Grizmann yozda MLSning «Orlando Siti» klubiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.

Kiritildi: 10:56, 14.05.2026.
O'qildi: 181 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик