Kirish Ro'yxatdan o'tish

Luis Enrike: «Bu meni hayratlantirmayapti»

Luis Enrike: «Bu meni hayratlantirmayapti»

Baho:
+ | -

Fransiya Liga 1 doirasida «PSJ» safarda «Lans» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, navbatdagi chempionlikni naqd qildi. Ushbu muhim bahsda parijliklar darvozasini rossiyalik Matvey Safonov qo‘riqladi.

Uchrashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike darvozabonning harakatlariga alohida to‘xtaldi.

«Matvey bu o‘yinda o‘zini ko‘rsata oldi. Ehtimol, uning o‘yini kimlarnidir hali ham hayratlantirayotgandir, lekin meni emas. Avval ham aytganimdek, jamoamizda uchta yuqori darajadagi darvozabon bor. Futbolchilarimiz har bir bahsda o‘zlarini ko‘rsatishlari shart», — deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Lequipe nashri.

Ma’lumot uchun, Safonov joriy mavsumda Liga 1 doirasida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 12 ta to‘p o‘tkazib yubordi. «PSJ» esa ushbu g‘alabadan so‘ng muddatidan oldin mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 11:16, 14.05.2026.
O'qildi: 474 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик