Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Gvardiola «Kristal Pelas»ning «avtobusi»ni qanday mag‘lub etganini tushuntirdi

Gvardiola «Kristal Pelas»ning «avtobusi»ni qanday mag‘lub etganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining navbatdagi turida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Kristal Pelas» ustidan 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. «Shaharliklar»ga muvaffaqiyat keltirgan gollarga Antuan Semenyo, Omar Marmush va Savio mualliflik qilishdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Xosep Gvardiola shogirdlari peshqadam «Arsenal» bilan oradagi farqni ikki ochkogacha qisqartirishdi. Musobaqa yakuniga ikki tur qolgan bir paytda chempionlik poygasi avjiga chiqmoqda.

«Brentford» ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng, «Kristal Pelas»ni ham xuddi shunday hisobda mag‘lub etdik. Bu jamoalar o‘z uslubiga ega bo‘lgan juda kuchli raqiblardir. Natijadan juda mamnunman. Endi bor e’tiborimizni Angliya Kubogi finaliga qaratamiz. Biz «Arsenal»ning oxirgi o‘yinida nima bo‘lgani haqida o‘ylamadik ham, gapirmadik ham. Shunchaki o‘z ishimizni bajardik. O‘n kishi bo‘lib himoyalanadigan jamoaga qarshi o‘ynash doim qiyin, lekin men ish boshlagan birinchi kunimdanoq bunday zich mudofaani yorib o‘tish ustida ishlayman», — dedi Gvardiola Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, «Manchester Siti»ning navbatdagi muhim bahsi 16 may kuni Angliya Kubogi finali doirasida «Chelsi»ga qarshi bo‘lib o‘tadi. APLning keyingi turida esa jamoa «Bornmut» mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 12:11, 14.05.2026.
O'qildi: 219 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик