Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Messi faoliyatidagi 61-xet-trikdan mahrum bo‘ldi

Messi faoliyatidagi 61-xet-trikdan mahrum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi MLS muntazam chempionati doirasida «Sinsinnati»ga qarshi kechgan bahsda (5:3) dubl qayd etdi. 38 yoshli argentinalik yulduz uchrashuvning 24 va 55-daqiqalarida raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

E’tiborli jihati shundaki, Messi 89-daqiqada ham gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi. Dastlab o‘yin qaydnomasida hujumchi xet-trik qayd etgani yozilgan bo‘lsa-da, keyinchalik uchinchi gol protokolda avtogol sifatida qayta rasmiylashtirildi.

Agar ushbu gol inobatga olinganda, bu Messining faoliyatidagi 61-xet-trigi bo‘lar edi. Lionel so‘nggi bor 2025 yilning 18 oktyabrida «Neshvill»ga qarshi bahsda (5:2) uchta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, xet-triklar soni bo‘yicha mutlaq rekordchi «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Portugaliyalik yulduz faoliyati davomida 66 marta (klublarda 56, terma jamoada 10) bir o‘yinda uchta gol urishga erishgan.

Kiritildi: 13:15, 14.05.2026.
O'qildi: 1040 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик